Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kibersport bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi
“Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Kibersport turlari bo‘yicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish kibersport turlarini rivojlantirish asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
2023 yildan an’anaviy tarzda kibersport turlari bo‘yicha: har yili aprel oyida Uzbekistan Espors Championship respublika chempionati; har yili dekabr oyida “Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri; har yili iyun oyida “Yoshlar kubogi” turniri o‘tkaziladi.
Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish bo‘yicha idoralararo kengash tashkil qilindi. Kibersportda ping muammosini bosqichma-bosqich bartaraf qilishni nazarda tutuvchi kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 o‘quv yilidan “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil etib belgilanadi.
Uzbekistan Espors Championship respublika chempionatida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan kibersportchilar 2023/2024 o‘quv yilidan mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishdan ozod qilinib, ularga maksimal ball beriladi.
Mavzuga oid
16:16 / 13.03.2025
Bakalavriatga qabul uchun test topshiriqlari soni va baholash tartibi tasdiqlandi
15:02 / 28.01.2025
Akademik halollik, yangi adabiyotlar, oliygohlar transformatsiyasi: milliy ta’limda nimalar o‘zgaryapti?
13:03 / 27.07.2024
Ta’lim shakllari, tillar, OTM va yo‘nalishlar bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi
21:37 / 20.07.2024