O‘zbekiston | 10:00 / 18.11.2022
6771
2 daqiqa o‘qiladi
Sanoat korxonalari eng ko‘p bo‘lgan hudud ma’lum qilindi
Qaysi hududda sanoat korxonalari ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yil 1 noyabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 97 054 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021 yil mos davriga nisbatan 3,3 foizga oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilyapti – 16 598 ta.
Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 10 785 ta hamda 9 799 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan Farg‘ona viloyati va Andijon viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Toshkent viloyati – 9 795 ta;
- Samarqand viloyati – 8 680 ta;
- Namangan viloyati – 7 720 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 5 427 ta;
- Buxoro viloyati – 4 970 ta;
- Surxondaryo viloyati – 4 779 ta;
- Xorazm viloyati – 4 736 ta;
- Jizzax viloyati – 4 019 ta;
- Navoiy viloyati – 3 971 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 3 508 ta;
- Sirdaryo viloyati – 2 267 ta.
Mavzuga oid
13:31 / 19.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
13:16 / 16.11.2024
5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
07:30 / 12.10.2024