Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Mehnat kodeksida ish haqi milliy valutada to‘lanishi belgilab qo‘yildi
Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, ish haqi milliy valutada (so‘mda) to‘lanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ish haqini qarz majburiyatlari, tilxatlar, kuponlar tarzida to‘lash taqiqlanadi.
Mehnatga natura shaklida haq to‘lash taqiqlanadi, bundan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno.
Xodimga ish haqini to‘lash, qoida tariqasida, bevosita u ishni bajargan joyda amalga oshiriladi.
Xodim yozma roziligi bilan ish haqini yoki uning bir qismini bank muassasalari yoki pochta bo‘limlari orqali to‘lashga yo‘l qo‘yilib, ular xizmatlari uchun ish beruvchi hisobidan haq to‘lanadi.
Agar xodim ish haqi to‘lanadigan kuni ish beruvchi topshirig‘ini ish joyidan tashqarida (xizmat safarida, malaka oshirish kurslarida bo‘lsa va boshqalar) bajarayotgan bo‘lsa, xodim iltimosiga ko‘ra ish beruvchi xodimga tegishli ish haqini o‘z hisobidan yuborishi yoki xodim ishonchli shaxsiga to‘lashi shart.
Mavzuga oid
12:11 / 01.03.2025
Noqonuniy ishdan bo‘shatilganlarga to‘lanmagan 40 mlrd so‘mlik ish haqlari undirildi
15:32 / 30.12.2024
Eriell xodimlari 4 oydan buyon maosh olishmayotgandan norozi bo‘lib video murojaat qildi
19:04 / 17.12.2024
Farzand tug‘ilganda otaga 5 kunlik ta’til berilishi mumkin
07:50 / 26.10.2024