Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi halokatli zilzila sodir bo‘ldi
Tabiiy ofat oqibatida 56 kishi halok bo‘lgan.
21 noyabr kuni Indoneziyaning Yava orolida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 56 kishi halok bo‘ldi, 700 ga yaqini jarohat oldi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, fojia G‘arbiy Yava provinsiyasidagi Chianjur tumanida sodir bo‘lgan. Tabiiy ofat oqibatida ko‘plab turar joy binolari, shuningdek, maktab, shifoxona va bir qancha ma’muriy binolarga zarar yetkazilgan.
5,6 magnitudali zilzila episentri poytaxt Jakartadan 74 km janubi-sharqda joylashgan. Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 5 km chuqurlikda bo‘lgan.
Indoneziya meteorologiya, iqlim va geofizika agentligi xabariga ko‘ra, «zilzila oqibatida sunami kelib chiqish xavfi yo‘q».
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025