Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Innovatsion g‘oyalar haftaligi Koreya bilan hamkorlikda o‘tkaziladi
Amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘lgan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bosh direktori Olimjon To‘ychiyev boshchiligidagi delegatsiya Kyonsan-Pukto provinsiyasi gubernatori Li Chol U bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida Li Chol U ikki mamlakat o‘rtasida “yashil” energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish muhim masalalardan ekanini qayd etdi.
Innovatsiyalar milliy ofisi bosh direktori taklifiga asosan respublikada har yili o‘tkazib kelinayotgan xalqaro Innovatsion g‘oyalar haftaligini kelgusi yilda («InnoWeek-2023») Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda o‘tkazish borasida kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Yeungnam universitetiga ham tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Innovatsiyalar milliy ofisi, Gyongbuk texnoparki va Daegu-Gyongbuk LINC3.0 loyihasi universitetlari uchun konsorsiumi o‘rtasida uch tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi
10:55 / 19.03.2025