Xitoy Oyda atom elektr stansiyasi qurmoqchi
Xitoy Oy bazasini quvvatlantirish uchun atom elektr stansiyasi loyihasini ishlab chiqmoqda. U 2028 yilda ishga tushirilishi mumkin.
Xitoyning Oyni o‘zlashtirish loyihasi rahbari U Veyjyen so‘zlariga ko‘ra, Oy bazasi janubiy qutbda quriladi va atom energiyasidan quvvat oladi.
Mamlakat olimlari allaqachon «uzoq muddatli ehtiyojlarni» qondira oladigan tizim ustida ishlamoqda.
Veyjyen atom reaktori texnik xususiyatlarini oshkor qilmadi, biroq avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, u bir yil davomida yuzlab uylarni quvvatlantirish uchun yetarli bo‘lgan 1 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Bunday stansiya asboblar va mexanizmlarning ishlashi, shuningdek, astronavtlar uchun, xususan, kislorod va suv ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan energiyani ta’minlay oladi.
Xitoyning Oy stansiyasi 2028 yilgacha qurib bitkazilishi kutilmoqda. Uning asosiy konfiguratsiyasi qo‘nuvchi modul, bunker va orbital apparatdan iborat bo‘ladi. So‘nggisi, Veyjyen so‘zlariga ko‘ra, astronavtlarni tashish imkoniyatini beradi.
Stansiyaning barcha elementlari Chan’e-6, Chan’e-7 va Chan’e-8 missiyalari doirasida Oyga yetkaziladi. Shundan so‘ng, xitoylik astronavtlar Yer tabiiy yo‘ldoshiga birinchi marta qadam qo‘yadi.
Keyinchalik stansiyadan xalqaro darajada foydalanish mumkin bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan unda nafaqat Xitoy, balki boshqa davlat astronavtlari ham ishlaydi. Ammo stansiya asosan ish faoliyatida bo‘lmaydi va faqat kerakli vaqtda ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
21:03 / 26.11.2024
Xitoyda Bank of China sobiq rahbari o‘lim jazosiga hukm qilindi
18:06 / 26.11.2024
Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga boj joriy etilishini e’lon qildi
11:45 / 26.11.2024
Xitoy Buxoroda oqova suvlarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirmoqchi
08:43 / 26.11.2024