Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: «Ayollar huquqi hurmat qilinmagan jamiyat inqirozga yuz tutadi»
Turkiya prezidenti Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlangan tadbirda nutq so‘zladi.
Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Turkiya hukumati va jamiyati bu boradagi sa’y-harakatlar darajasini oshirish, ayollarga qarshi jinoyatlarning oldini olishga majbur.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlangan tadbirda aytib o‘tdi.
Turkiya rahbari ayollar huquqlari hurmat qilinmagan jamiyat inqirozga yuz tutishini ta’kidladi.
«Zamonaviy Turkiyani rivojlantirish bo‘yicha barcha rejalar «kuchli ayol» va «kuchli oila» va demak, kuchli davlat g‘oyasiga asoslanadi», dedi siyosatchi.
Erdo‘g‘an so‘nggi yigirma yil davomida Turkiyada ayollar huquqlarini himoya qilish sohasida jiddiy qadamlar qo‘yilganini, biroq vaziyat hali ham qoniqarli emasligini eslatdi.
«Xotin-qizlarga barcha imkoniyatlarni yaratish, jamiyatga maksimal darajada hissa qo‘shishga ko‘maklashish muhim. Turkiya hukumati aynan shu maqsadni ko‘zlamoqda», — deb ishontirdi u.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025