Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda ijtimoiy muammolarni hal etishga qo‘shimcha 655 mlrd so‘m ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati hokimligiga nomzod taqdimoti bilan tanishar ekan, Navoiyda 2023 yilda ijtimoiy muammolarni hal etishga qo‘shimcha 655 mlrd so‘m, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yana 750 mlrd so‘m resurs ajratilishini ta’kidladi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, agrar soha, ichimlik suvi va avtomobil yo‘llari loyihalariga qo‘shimcha 180 million dollar jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bu imkoniyatlardan foydalanib, kelasi yil 240 ming aholi bandligini ta’minlash shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
"2023 yil yakuni bilan Navoiy kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylanishi shart va zarur", dedi davlat rahbari.
Tuman hokimlari har oy mahalliy kengashga mahalla raislari va faollari oldida hisobot berishi ta’kidlandi.
Bundan buyon viloyatda Administratsiya vakillari ish olib borishi, ular viloyatda aholini qiynayotgan muammoli masalalarni tezkor yechish masalalari bilan shug‘ullanishi qayd etildi.
Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
18:21 / 09.04.2025