O‘zbekiston | 10:40 / 04.12.2022
28731
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda anomal sovuq kuzatildi

Navoiy viloyatining shimolidagi «Oqbaytal» kuzatuv stansiyasida 20 daraja sovuq qayd etildi.

Foto: O‘zA

Bugun, 4 dekabr kuni ertalab Navoiy viloyati shimolida havo harorati 20 darajagacha pasaydi. Bu haqda Navoiygidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatning Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahrida 11-14 darajagacha, shimoliy Qizilqum hududlarida joylashgan «Oqbaytal» meteorologik stansiyasida 20 daraja sovuq kuzatilgan. «Oqbaytal»da tuproq yuza qatlamidagi termometr ustunchasi 23 darajali sovuqlikni qayd etgan.

Oldinroq “O‘zgidromet”  tomonidan dam olish kunlari sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid