Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kongressi rekord darajadagi mudofaa budjetini tasdiqladi
847,3 milliard dollar miqdoridagi budjetda Ukrainaga harbiy yordam ham nazarda tutilgan.
AQSh Kongressi Senati 2023 yilgi mudofaa budjetini kelishib oldi. Uning miqdori rekord darajadagi 847,3 milliard dollarni tashkil etadi.
Budjetda Ukrainaga 800 million dollar miqdoridagi harbiy yordam ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, budjet loyihasida Rossiya bilan harbiy hamkorlikni taqiqlash muddati besh yilga uzaytiriladi. Hujjat tasdiqlangach, imzolash uchun prezident Jo Baydenga yuboriladi.
2022-moliya yili uchun AQSh mudofaa budjeti 778 milliard dollarni tashkil etgan edi.
Ukrainadagi urush fonida mudofaa xarajatlari ortib bormoqda.
Rossiya 2023 yil uchun mudofaa budjeti 84 milliard dollar bo‘lishini e’lon qildi, bu 2021 yildagiga qaraganda 40 foizga ko‘proq.
Noyabr oyi boshida Ukraina parlamenti 38 milliard dollarlik rekord darajadagi mudofaa budjetini tasdiqlagan edi.
Fransiya mudofaa budjeti 3 milliard yevroga oshib, 43,9 milliard yevroga yetdi. Bu deyarli 15 yil ichidagi eng katta o‘sish bo‘ldi.
Germaniya Bundesverni modernizatsiya qilish uchun 100 milliard yevro miqdorida maxsus fond yaratdi. Jamg‘arma besh yil davomida sarflanadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025