Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda amaldorlar uchun o‘lim jazosi joriy etiladi
Mansabdorlar davlatga xiyonat qilgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilinishi haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi.
Belarus Respublikasi Milliy kengashining vakillar palatasi «Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Unda «buzg‘unchi unsurlarga nisbatan tiyib turuvchi ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, davlatga xiyonat qilishga qarshi qat’iy kurashish» maqsadida Jinoyat kodeksining 356-moddasi 2-qismiga o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, davlat xizmatida bo‘lgan mansabdor shaxsga yoki harbiy xizmatchi maqomiga ega shaxsga davlatga xiyonat qilganligi uchun o‘lim jazosini qo‘llash taklif qilinmoqda.
Hozirgi vaqtda mansabdor shaxsning davlatga xiyonat qilishi 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Qayd qilish joizki, Belarus o‘lim jazosi amalda bo‘lgan Yevropadagi yagona davlat hisoblanadi.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025