Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda birinchi O‘zbekiston-Turkiya ilmiy forumi o‘tkaziladi
«Ibn Sino» jamoat fondi raisi Nozim Mahmudov boshchiligidagi delegatsiya Tibbiyot va sog‘liqni saqlash bo‘yicha II Xalqaro kongressda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Turkiyaning Kirshehir shahrida «An’anaviy, to‘ldiruvchi va integrativ tibbiyot usullari» mavzusida o‘tkazilgan qurultoyda «Ibn Sino» jamoat fondi raisi «Abu Ali ibn Sino: nur o‘tmish va kelajakni yoritadi» mavzusida ma’ruza qildi. Unda Abu Ali ibn Sino merosini O‘zbekistonda va xalqaro maydonda o‘rganish hamda targ‘ib qilish borasida fond tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Kongress doirasida «Ibn Sino» jamoat fondi, Kirshehir Axi Yevran universiteti va Anqaradagi Yildirim Bayazit universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. 2015 yilda Buxoro shahrida Baxchishehir universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumini uzaytirish tartibi boshlandi.
«Ibn Sino» fondi delegatsiyasi a’zolari Xalqaro kongress tashkiliy qo‘mitasi, Turkiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi bosh idorasi vakillari bilan qator muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar yakunida 2023 yil oktabr oyida Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan XII Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari doirasida «Abu Ali ibn Sino: qo‘lyozmalar-ilm-hayot» mavzusida birinchi O‘zbekiston-Turkiya ilmiy forumini hamkorlikda tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025