Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya O‘zbekistonga sayyohlar uchun maxsus tariflarni ishlab chiqadi
O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonining Mahara Travel Company sayyohlik kompaniyasi bosh direktori Muhammad al-Mas’ud bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Maqsad O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish hamda saudiyalik sayyohlarni mamlakatga ko‘proq jalb qilish bilan izohlanadi.
Muhammad al-Mas’ud O‘zbekistondagi islohotlarni katta qiziqish bilan kuzatib borayotganini, mamlakat madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik davlatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanayotganini ta’kidladi.
- Saudiya fuqarolariga 30 kunlik muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi joriy etilgani ikki davlat o‘rtasida nafaqat sayyohlar oqimi ko‘payishi, balki o‘zaro savdo hajmi oshishiga ham xizmat qiladi, - dedi u. - Biz o‘z tajribamizdan kelib chiqib, ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aviaqatnov to‘g‘risida ma’lumotni ommaviy axborot vositalarida ingliz va arab tillarida keng yoritish, Saudiya Arabistoni yirik shaharlarida O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalarni muntazam o‘tkazish, sayyohlar uchun maxsus va mavsumiy sayyohlik tariflarni hamkorlikda ishlab chiqishni taklif qilamiz.
Muloqot doirasida O‘zbekiston Turizm vazirligi mutasaddilari hamda mahalliy yirik sayyohlik agentliklari rahbarlari bilan videomuloqot tarzida uchrashuv o‘tkazishga ham kelishib olindi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025