Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston-Britaniya siyosiy maslahatlashuvi o‘tkaziladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlotni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar bugungi holati va hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari muzokaralari (1 dekabr kuni, Lodz) hamda Buyuk Britaniya 73 yetakchi kompaniyasi 126 nafar vakillari ishtirok etgan O‘zbekiston-Buyuk Britaniya savdo va sanoat kengashi 26-yig‘ilishi (30 noyabr, Toshkent) natijalari qayd etildi.
Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma aloqalarni, 15 dekabr kuni Toshkent shahrida TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish tashkiliy masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Elchi Britaniya ekspertlari ishtirokida GSP+ tizimidan foydalanish, kapital bozori va bank sektorini rivojlantirish bo‘yicha Buyuk Britaniya tajribasini o‘rganish yuzasidan seminarlar tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025