Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YTH xabarnomasini onlayn yuborish bo‘yicha ilova ishga tushadi
Hukumat qarori bilan elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
2023 yil 1 martgacha ichki ishlar organi xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtiriladigan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma onlayn tarzda yuborilishini hamda ko‘rib chiqilishini amalga oshirish bo‘yicha yagona mobil ilova ishga tushiriladi.
2023 yil 1 iyulgacha yagona mobil ilova orqali boshqa majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta da’volariga oid arizalar onlayn tarzda yuborilishi hamda ko‘rib chiqilishi amaliyotga joriy etiladi.
Nizomga ko‘ra:
- sug‘urta barcha turlari (klasslari) elektron shaklda sotiladi va rasmiylashtiriladi hamda ular haqiqiyligini tekshirish sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi yo‘li bilan sug‘urta tashkiloti axborot tizimida va internet resursida amalga oshiriladi;
- sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urta tashkiloti axborot tizimi orqali ariza beriladi va tegishli ma’lumotlar avtomatik tarzda to‘ldiriladi;
- sug‘urta polislari ro‘yxatga olinib, ular aylanmasi bo‘yicha monitoring olib boriladi.
2022 yil 31 dekabrgacha barcha sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi hamda barcha sug‘urta kompaniyalari axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025