Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘kdaladagi qishloq tug‘uruqxonasida elektr ta’minoti tiklangan
Qishloq tug‘uruqxonasida bo‘lgan ayollarning asosiy qismiga uyiga javob berilgan. Muassasa issiqlik ta’minotida uzilish bo‘lgani haqidagi ma’lumot rad etildi.
SSV matbuot xizmati Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi tug‘uruqxonada tok o‘chib qolgani bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Mazkur holat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganilgan.
«Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Chiyali bo‘linmasi, ya’ni qishloq uchastka shifoxonasida 2022 yil 11 dekabr kuni soat 03:30 da elektr energiyasida uzilish kuzatilgan. Ammo issiqlik ta’minotida uzilish bo‘lmagan.
Shifoxonada 4 kun avval jami 7 nafar ayol farzandli bo‘lgan, 11 dekabr soat 12:00 da ularning 6 nafariga uyga javob berilgan. 1 nafar ayol chaqalog‘i bilan Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga ko‘chirilgan. Hozirda ona va bolalarning salomatligi yaxshi, shifokorlar nazoratiga olingan», deyiladi vazirlik xabarida.
Ayni paytda shifoxonada elektr ta’minoti tiklangan. Muassasa qo‘shimcha elektr generatori bilan ta’minlangan.
Mavzuga oid
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
21:14 / 24.03.2025
Qashqadaryo viloyatida IIBning qator mulozimlari ishdan olindi
10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
14:50 / 14.09.2024