Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 13 yoshli bola is gazidan zaharlanib vafot etdi
Uning yonida bo‘lgan 9 va 11 yoshli ukalari shifoxonaga yotqizilgan.
Qarshi shahrida bir oilaning uch nafar farzandi is gazidan zaharlangan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.
Hodisa 2022 yil 11 dekabr kuni soat 10:20 larda Qarshi shahri Paxtazor mahallasidagi xonadonda sodir bo‘lgan.
13 yoshli I.I. va uning 9 hamda 11 yoshli ukalari yashash xonadonida gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlanishgan. Oqibatda 2009 yilda tug‘ilgan I.I. vafot etgan. Ukalari tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur hodisadan bir kun avval, 2022 yil 10 dekabr kuni Qarshi tumani Dasht mahallasida yashovchi 77 yoshli ayol, uning 31 yoshli kelini va 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan nabirasi is gazidan zaharlanib vafot etgandi .
Mavzuga oid
12:43 / 24.04.2025
Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi mehmonxonada zaharlanishi bo‘yicha tergov yakunlandi
12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi
19:50 / 02.03.2025
Qozog‘istonda is gazidan vafot etganlarning faqat bir nafari o‘zbekistonlik - FVV
17:19 / 02.03.2025