Jahon | 17:41 / 14.12.2022
4178
3 daqiqa o‘qiladi

Kanar orollarida Magnitskiy ishi bo‘yicha asosiy gumondor qo‘lga olindi

Foto: Reuters

Yevropol Magnitskiy ishi bo‘yicha Ispaniya tergovining muvaffaqiyati haqida xabar berdi: bir guruh rossiyaliklar va bir qator soxta kompaniyalar aniqlandi, ular orqali Yevropada pullar yuvilgan va Ispaniya ko‘chmas mulkiga sarmoya kiritilgan

Yevropol Kanar orollarida «Magnitskiy ishi» deb nomlangan ish bo‘yicha asosiy gumondor hibsga olinganini e’lon qildi. Yevropa mahkamasining 14 dekabr, chorshanba kuni xabar berishicha, Ispaniya hukumati Yevropol va Yevropa adliya idorasi ko‘magida Rossiya budjetining o‘g‘irlangan jami 219 million yevrolik mablag‘larini Yevropada yuvish bilan shug‘ullangan jinoiy guruhni topishga muvaffaq bo‘ldi. 

Bayonotda aytilishicha, Kanar orollarida qo‘lga olingan shaxs 2009 yilda vafot etgan rossiyalik huquqshunos Sergey Magnitskiy shug‘ullangan surishtiruvda jinoiy sxemaning markaziy qismi bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy tarmoq Yevropa banklari hisobraqamlari orqali millionlab yevro o‘tkazib, so‘ng ularni ko‘chmas mulk sotib olish uchun Ispaniyaga jo‘natgan. Ayni damda bu mamlakatda jami 25 million yevroga teng 75 ta mulk musodara qilingan, deya xabar berilgan qo‘shimcha ravishda. 

Yevropol tomonidan ta’kidlanganidek, ispan tergovchilari o‘g‘irlangan mablag‘larning bir qismi Ispaniya ko‘chmas mulkiga qanday qilib sarmoya sifatida kiritilganini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. «Bir guruh shaxslar aniqlandi - ularning barchasi Ispaniya bilan deyarli aloqasi bo‘lmagan yoki umuman aloqasi bo‘lmagan Rossiya fuqarolari, shuningdek, real iqtisodiy faoliyatga ega bo‘lmagan bir qator soxta kompaniyalar topildi», - deya xabar berdi Haagadagi idora. 

Britaniyalik tadbirkor Uilyam Brauder asos solgan va boshqargan Hermitage Capital Management fondining 37 yoshli huquqshunosi 2009 yilda Moskvadagi tergov izolyatorida vafot etgan. Sergey Magnitskiy IIV va prokuratura xodimlarini qo‘lga kiritgan materiallardan foydalangan holda davlatdan 230 million dollardan ortiq pul o‘g‘irlashda ayblagani uchun Rossiya prokuraturasining soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ayblovlari yuzasidan u yerga joylashtirilgan. 

2012 yilda Qo‘shma Shtatlarda «Magnitskiy qonuni» qabul qilingan bo‘lib, u avvaliga tergov izolyatoridagi huquqshunosning o‘limiga aloqador shaxslarga, so‘ngra inson huquqlarining qo‘pol buzilishida aybdor bo‘lgan boshqa shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan. Qo‘shma Shtatlardan keyin bir qator boshqa davlatlar va Yevropa Ittifoqi ham xuddi shunday «Magnitskiy aktlarini» qabul qildi. 

Mavzuga oid