Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhiy salomatlik siri: derazadan 3 ta daraxt ko‘rinib turishi kerak
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, uy yaqinida ko‘katlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, odamlar psixologlarga shunchalik kam murojaat qilishadi.
Ispaniyaning Barselona shahridagi Pompeu Fabra universiteti, Global sog‘liqni saqlash instituti va Biotibbiyot tadqiqotlari instituti olimlarining aniqlashicha, yirik shahar aholisining ruhiy salomatligi atrof-muhitning ko‘kalamzorlashtirish darajasiga bog‘liq. Uning aniq formulasi 3/30/300 ko‘rinishida.
3 – derazadan qaraganda ko‘rinib turadigan daraxtlar soni. Ular 15 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada turishi kerak.
30 foiz – aholi yashaydigan mikrohududning ko‘kalamzorlashtirish darajasi, bu maysazorlar, gulzorlar, yashil to‘siqlar, o‘simliklarga burkangan devorlar va daraxtlar bo‘lishi mumkin.
300 metr - eng yaqin park, xiyobon yoki yashil maydongacha bo‘lgan masofa.
Agar uchta parametr ham bajarilsa, bu ruhiy salomatlik uchun juda yaxshi hisoblanadi. Bunday omadli odamlar ruhiy jihatdan sog‘lomroq, tinchlantiruvchi dorilar va antidepressantlarni kamroq qabul qilishadi va psixologlarga kamroq murojaat qilishadi.
Mualliflarning ta’kidlashicha, bu ilk tadqiqot va hozircha u faqat Barselona shahri misolida olib borilgan. Ko‘rinib turibdiki, bu faqat shaharliklar uchun amal qiladi, qishloqda shartlar butunlay boshqacha. Aslida, tadqiqotning maqsadi ham shahardagi muhitni qanday tashkil qilish haqida bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari
18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi
15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi
16:55 / 25.03.2025