O‘zbekiston | 11:22 / 15.12.2022
23754
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda to‘y kortejida yuk mashinalari qatnashdi  

Guruh bo‘lib harakatlangan va yo‘lni to‘sib qo‘ygan yuk mashinalari jarima maydoniga joylashtirilgan, haydovchilarga esa ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Videodan kadr

Buxoro viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, asli romitanlik bo‘lgan aka-uka haydovchilar kenja ukasining to‘yini esda qolarli qilish uchun yuk mashinalari bilan to‘y kortejiga qo‘shilishgan. Aka-ukalarning bu harakati o‘zlari uchun qimmatga tushdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchilar Buxoro tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi M-37 yo‘lida guruh bo‘lib harakatlanishgan hamda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lni to‘sib qo‘yishgan. Haydovchilardan birining ta’kidlashicha, ular bu harakatlari noto‘g‘ri ekanligini bilishmagan.

Aka-uka haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, yuk mashinalari jarima maydoniga joylashtirilgan.

Mavzuga oid