Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiydagi “metan-zapravka”da 1,5 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi
Holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organi tomonidan jinoiy ish ochilgan.
Navoiy shahridagi AGTKSda yirik miqdordagi tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, iste’molchilarning neft mahsulotlari va siqilgan gazga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha joylarda “O‘zneftgazinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ishchi guruh a’zolari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilgan. Tadbirlar davomida ayrim tadbirkorlarning noqonuniy xatti-harakatlari aniqlangan.
Jumladan, Navoiy shahridagi “Navoiy Bog‘i Eram” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasidagi elektron gaz hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘lgan. Noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 1,548 ming kub metrni (1,548 mlrd so‘m) tashkil etgan.
Holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organi tomonidan jinoiy ish ochilgan.
Oldinroq Jizzaxda gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib, davlatga 1,7 mlrd so‘m miqdorida zarar keltirgan ohak sexi aniqlangandi.
Mavzuga oid
20:12 / 26.05.2025
Samarqand shahrining sobiq prokurori Navoiy shahriga prokuror bo‘ldi
15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi
10:10 / 22.02.2025
“O‘tgan yili 1 km navbat bo‘lsa ham gaz quyardik” - vodiyda metan muammosi
09:38 / 07.01.2025