O‘zbekiston | 12:50 / 15.12.2022
4686
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston GEG Istanbul 2022 kibersport xalqaro turnirida ishtirok etmoqda

Musobaqada 50 dan ortiq davlatlardan jamoalar ishtirok etmoqdalar

Foto: OSON

14-18 dekabr kunlari Istanbulda 50 dan ortiq davlatlardan jamoalar ishtirok etayotgan Xalqaro kibersport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston terma jamoasining bosh homiysi OSON to‘lov tizimi bo‘ldi.

O‘zbekiston jamoalari PUBG MOBILE va Street Fighter V bo‘yicha ishtirok qiladilar.

2022 yil mobaynidagi XSOLLA o‘yin agregatori va PUBG MOBILE bilan rasmiy hamkorlikdan so‘ng, OSON to‘lov tizimi O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish uchun moliyalashtirishni boshladi. Noyabr oyida Respublika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan OSON PUBG MOBILE CUP turniri bunga yorqin misol bo‘la oladi, unda ishtirok etish uchun rekord miqdordagi – 1500 dan ortiq arizalar topshirilgan bo‘lib, u kibersport bo‘yicha yosh iste’dodlarni ochib berdi.

GEG Istanbul 2022'ning dastlabki o‘yinlari pley-off bosqichidan boshlanadi va 15-16 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Global Espors rasmiy sahifasining Twitch platformasidagi translatsiya orqali o‘yinchilarimizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin. 

OSON va O‘zbekiston Kibersport Assotsiatsiyasi (OKA) o‘rtasida memorandum imzolanganidan so‘ng to‘lov tizimi kibersport arenasida o‘z sayohatini boshladi. PUBG MOBILE'ni qo‘llab-quvvatlash OSON'ning kibersportni rivojlantirish uchun qo‘ygan birinchi qadami, kelajak rejalarga DOTA 2, CS:GO va boshqa o‘yinlar bo‘yicha professional musobaqalarni rivojlantirishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

OSON va OKA birgalikda xalqaro tadbirni, o‘yinlar va terma jamoamiz natijalarini ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida yoritib boradilar.

Batafsil OSON tizimi sahifalarida kuzatib boring:

Facebook |  Instagram | Youtube |Telegram |App 

Reklama

Mavzuga oid