Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda neft-gaz zaxirasi 40 yilga yetadi - Erkin Nazarov
«Bundan tashqari, har yili geologiya qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda va zaxiralar aniqlanib bormoqda».
Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi vakili Erkin Nazarov O‘zbekistondagi neft va gaz zaxiralari miqdorini baholadi.
Uning fikriga ko‘ra, neft va gaz zaxiralari 40 yilga yetadi.
«Yurtimizda 300 ga yaqin neft-gaz konlari mavjud bo‘lib, ularning zaxirasi 40 yilga yetishi aniqlangan. Shu bilan birga, uran xomashyosi bo‘yicha ham 15 yilga yetadigan zaxira aniqlangan. Hozirgi kunda taxminan 50 mlrd kub atrofida gaz borligi aniqlangan», dedi u.
Nazarov geologiya qidiruv ishlari amalga oshirilishi natijasida bundan keyin ham zaxiralar topilishi mumkinligini ta’kidladi.
«Bu 40 yilda zaxiramiz tugaydi, degan gap emas. Har yili geologiya-qidiruv ishlari amalga oshiriladi va neft, gaz, uran va boshqa xomashyolar bo‘yicha to‘liq zaxiralar aniqlanib boriladi», deb qo‘shimcha qildi qo‘mita vakili.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
11:46 / 20.05.2025
YeI Rossiya nefti narxini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda
14:10 / 14.05.2025