Sport | 09:53 / 16.12.2022
27710
2 daqiqa o‘qiladi

Ruslan Nuriddinov ikkinchi marta jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Kolumbiyaning Bogota shahri mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston vakili Ruslan Nurudinov yana bir marta jahon chempionligini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Olimpiada va jahon chempioni Ruslan Nuriddinov bugun tongda bo‘lib o‘tgan (Toshkent vaqti bilan soat 05:00) -109 kg vazn toifasida o‘z chiqishini amalga oshirdi va mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu bilan andijonlik sportchi ikki bor jahon chempionligiga erishgan birinchi o‘zbek og‘ir atletikachisiga aylandi.

Ruslan dast ko‘tarish mashqida 177 kg, siltab ko‘tarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg bilan ushbu vazn toifasida tengsiz ekanini ko‘rsatib, 3 yo‘nalishda oltin medallarga egalik qildi. Bu uning faoliyatida jahon birinchiligidagi ikkinchi chempionlikdir. U eng yaqin ta’qibchisini 8 kilogrammga ortda qoldirishga erishdi.

Ushbu vazn toifasida gruziyalik atlet Giorgi Chxeidze umumiy 389 kg (170+219) bilan ikkinchi o‘rinni va kolumbiyalik sportchi Rafael Kastilo esa umumiy 388 kg (174+214) bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

 

Mavzuga oid