Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar Ruminiya va Polshadagi zavodlarga ishga jalb qilinadi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlarining Yaqin Sharq va Yevropa davlatlarida rekruting sohasida faoliyat yuritib kelayotgan ABC International Placement Services FZCO kompaniyasi rahbari Nikkhi Manshramani bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda O‘zbekiston yuqori malakali fuqarolarini qonuniy ravishda munosib ishlarga joylashtirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida vatandoshlar mehnat huquqlarini ta’minlash sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalari, prezidentning «Xavfsiz, tartibli va xavfsiz tizimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni mazmuni haqidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etilgani barobarida jahon mehnat bozorida talab qilinadigan ko‘nikma va malakalar tan olingan standartlari asosida yaratilgan «Ishga marhamat!» monomarkazlari faoliyati o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratildi.
Nikkhi Manshramani O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb qilish jarayonini huquqiy tomondan qo‘llab-quvvatlashga, qonuniy tashqi mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanini ma’lum qildi.
- Kompaniyamizning Ruminiyadagi hamda Polshadagi zavod va fabrikalarida O‘zbekistondan malakali ishchi kuchini jalb etish imkoniyatlari mavjud, - dedi u. - Biz ishchilarni munosib oylik maosh, tibbiy sug‘urta, 3 mahal ovqat va yotoqxona bilan ta’minlaymiz. Ushbu masalalar yuzasidan O‘zbekiston tegishli tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomasini imzolashga tayyormiz.
Mavzuga oid
14:20 / 23.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovlari natijasi bo‘yicha shikoyat rad etildi
12:55 / 19.05.2025
Telegram asoschisi Ruminiyada senzura joriy etishdan bosh tortdi
12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
11:30 / 06.05.2025