Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident kelayotgan haftada parlamentga murojaat qilishi kutilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi seshanba kuni — 20 dekabrda bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist, siyosiy sharhlovchi Xayrulla Nuritdinov «Menimcha» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida aytib o‘tdi.
«Mamlakat taraqqiyotining eng muhim, ustuvor vazifalari e’lon qilinadigan yillik murojaatnoma seshanba kuni bo‘lishi kutilmoqda. O‘sha kuni bizni juda ko‘p yangilik kutmoqda, menimcha», dedi jurnalist.
Shavkat Mirziyoyev ilk bor 2017 yil 22 dekabrida parlamentga murojaat qilgandi.
Odatda jonli efirda namoyish etiladigan bunday murojaatlarda mamlakat rahbari yakunlanayotgan yilni sarhisob qilib, kelgusi yil uchun qator tashabbuslarni belgilab beradi.
Davlat rahbarining parlamentga murojaati oxirgi bor 2020 yil 29 dekabrida bo‘lgandi. O‘shanda davlat rahbari 2021 yil nomini ma’lum qilib, mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilab bergandi.
Mavzuga oid
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
21:19 / 21.12.2024