O‘zbekiston | 16:04 / 20.12.2022
3710
1 daqiqa o‘qiladi

Tuman Andijon aeroporti faoliyatini vaqtincha chekladi

Foto: Uzbekistan Airways

Haddan tashqari quyuq tuman tufayli ko‘rinish chegarasining pasayishi (50 metr) Andijon xalqaro aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Andijondagi noqulay sharoitlar tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY049 (Andijon — Samarqand), HY050 (Samarqand — Andijon), HY092 (Andijon — Toshkent) yo‘lovchi reyslari bekor qilindi.

Yo‘lovchilariga aeroport rahbariyati tomonidan chipta pulini qaytarish jarayoni haqida ma’lumot berilgani aytiladi.

Andijon aeroporti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘ta quyuq tuman ertagacha davom etishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid