Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi sportchi ayollari nomi e’lon qilindi
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka dunyodagi eng ko‘p daromad oluvchi ayol sportchiga aylandi.
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka dunyodagi eng ko‘p daromad oluvchi ayol sportchi deb topildi. Yillik reyting Forbes tomonidan tuzilgan.
Osaka ketma-ket uchinchi yil ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallab turibdi. 25 yoshli tennischi 2022 yilda 51,1 million dollar ishlab topdi, bundan 50 million dollari sportdan tashqarida. Qayd etilishicha, yaponiyalik ayolning daromadi uning tadbirkorlik faoliyati orqali kelgan.
Reytingning ikkinchi o‘rnida 2022 yilda 41,3 million dollar ishlab topgan tennischi Serena Uilyams joylashgan. Kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan amerikalik fristaylchi Eylin Gu 20,1 million dollar bilan kuchli uchlikka kirdi.
Osaka ikki marta US Open turnirida g‘olib chiqqan. Yaponiyalik Avstraliya ochiq chempionatida ham ikki marta g‘alaba qozongan. 2019 yilda u Ayollar tennis uyushmasi (WTA) reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan edi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
18:01 / 13.02.2025