Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda bir kunda 37 million odam koronavirus bilan kasallandi
Cheklovlarning yumshatilishi ortidan kasallanish holatlari misli ko‘rilmagan darajada oshdi.
Dekabr oyining boshidan beri Xitoyda chorak milliard odam kovid bilan kasallangan, bu mamlakat aholisining 18 foizini tashkil qiladi. Bunday hisob-kitoblar Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasining yopiq yig‘ilishida taqdim etildi, deb yozdi Bloomberg.
Ushbu hisob-kitoblarga ko‘ra, 20 dekabr kuni, bir kunda 37 million kishi koronavirus bilan kasallangani aniqlangan.
Shu bilan birga, mustaqil tahlilchilar yaqinda kovid yuqtirib olganlarning taxminiy sonini kuniga atigi 1 million kishiga baholagan edi. Kundalik o‘lim darajasi, ularga ko‘ra, besh ming kishi darajasida.
Xitoy hukumati dekabr oyi boshidan beri rasman atigi 3 mingta kovid holatini tasdiqladi.
Uch yil davomida kovidga nisbatan «nol bardoshlik» siyosatiga amal qilgan Xitoy hukumati 2022 yil oxirida cheklovlarni keskin yumshatishga kirishdi. Buning sababi, aholining doimiy cheklovlardan charchagani va mamlakatdagi so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgani edi.
Rasmiylarga ko‘ra, Xitoyda aholining 90 foizidan ortig‘i to‘liq emlangan, ammo asosiy xatar guruhi bo‘lgan qariyalar orasida yarmidan kamrog‘i emlangan. Shu bilan birga, mustaqil ekspertlar Xitoyda qo‘llanayotgan vaksinalarning samaradorligiga shubha bilan qarashadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025