Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xitoydan qariyb 6 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 5,8 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 5,5 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 2,9 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Koreya – 2,1 mlrd;
- Turkiya – 1,5 mlrd;
- Germaniya – 856,5 mln;
- Turkmaniston – 674,3 mln;
- Hindiston – 595 mln;
- Braziliya – 500 mln;
- BAA – 378 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025