Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:54 / 29.12.2022
8239
2 daqiqa o‘qiladi
Hokimga nisbatan ishonchsizlik votumini taqdim etish instituti joriy etiladi
Foto: Shutterstock
“Mahalliy ijroiya hokimiyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarining mahalliy vakillik organi oldidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida hokimga nisbatan ishonchsizlik votumini taqdim etish institutini joriy etish taklif etilmoqda.
Bunda:
- xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari umumiy sonining kamida 1/5 qismi hokimga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish taklifi bilan chiqish huquqiga ega bo‘lishi;
- ishonchsizlik votumini qabul qilish uchun quyidagi 5 ta asoslarni belgilash:
- hududni rivojlantirish bo‘yicha dasturdagi tadbirlarning kamida 1/3 qismi bajarilmaganligi;
- xalq deputatlari Kengashlarining qonuniy talablari 2 martadan ortiq bajarilmaganligi;
- hokim tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari buzilganligi;
- hokimning boshqa haq to‘lanadigan lavozim va kasblarni egallashdagi cheklovlarga rioya qilmaganligi;
- hokim yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganligi, budjet mablag‘larini sarflashda qonunchilik talablari juda ko‘p miqdorda buzilganligi;
- ishonchsizlik votumi xalq deputatlari Kengashlari tomonidan 10 kun muddat ichida ko‘rib chiqilishi va deputatlar umumiy sonining kamida yarmidan ko‘pi ovoz berganda votum qabul qilingan hisoblanishi;
- qabul qilingan ishonchsizlik votumiga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimini lavozimidan ozod etish O‘zbekiston prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlarini esa yuqori turuvchi hokim tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi
15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?
09:49 / 15.02.2025
Hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi
23:02 / 23.01.2025