Jahon | 08:57 / 30.12.2022
9062
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik mashhur dizayner Viven Vestvud vafot etdi

Viven Vestvud oila a’zolari yonida Londonda 81 yoshida vafot etdi. «Dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun Viven kabi odamlar kerak», deyiladi uning moda uyining rasmiy Twitter sahifasida.

Viven Vestvud / Foto: Getty Images

1970-yillarda pank modasini tijorat madaniyatiga olib kirgan britaniyalik dizayner Viven Vestvud 82 yoshida Londonda vafot etdi. 29 dekabr, payshanba kuni o‘zining modalar uyining Twitter'dagi rasmiy sahifasida xabar berilganidek, u hayotining so‘nggi daqiqalarini oila a’zolari qurshovida o‘tkazdi.

«Dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun Viven kabi odamlar kerak», deyiladi xabarda.

Vestvudning turmush o‘rtog‘i Andreas Krontalerning so‘zlariga ko‘ra, u «unga ko‘p narsalarni o‘rgatgan». «Men Vivenga yuragimda hamrohlik qilishda davom etaman», - deya uning so‘zlarini keltiradi Die Zeit.

Vestvud bir necha bor dolzarb siyosiy masalalar haqida ochiqchasiga gapirgan. Xususan, u WikiLeaks platformasi yaratuvchisi Julian Assanjni himoya qilib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatladi.

U 2006 yilda modaga qo‘shgan hissasi uchun qirolicha Yelizaveta II tomonidan ritsar unvoniga sazovor bo‘lgan.

Mavzuga oid