Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT davlatlari milliy valutada hisob-kitoblarni kengaytirmoqchi
Qozog‘iston raisligida ShHTga a’zo davlatlarning o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni amalga oshirish bo‘yicha Ekspertlar guruhining video-konferensiya shaklida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda manfaatdor a’zo davlatlarning moliya, iqtisodiyot vazirliklari, milliy (markaziy) banklari hamda ShHT kotibiyati vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar Ekspertlar guruhi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. 2023 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.
O‘zaro hisob-kitoblarda milliy valutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ShHTga a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining 2022 yil sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida qabul qilingan qarori bilan tasdiqlangan.
Hujjat tizimning ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish va ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida milliy valutalarda o‘zaro hisob-kitoblarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti
21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?
10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi
22:47 / 08.03.2025