Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada tabiiy gaz narxi tushib ketdi
Yevropadagi iliq qish tabiiy gaz narxining yanada pasayishiga yordam berdi. Germaniyada gaz omborlari 90 foizdan ko‘proqqa to‘lgan.
G‘ayrioddiy yumshoq ob-havo Yevropada tabiiy gaz narxining yangi yil boshida pasayishda davom etishiga yordam berdi. 2 yanvar, dushanba kuni Niderlandiya gazining TTF shartnoma narxlari megavatt/soat uchun 70,30 yevrodan boshlandi. Oxirgi marta Yevropa gazi 2022 yilning fevralida, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanishidan oldin bu qadar arzonga sotilgan edi.
Bir muncha vaqt o‘tgach, TTF narxi 73 yevrogacha ko‘tarildi. Umuman olganda, dekabr oyining boshidan buyon u o‘rtacha yarmiga kamaydi. Rekord narxlar o‘tgan yozda qayd etilgan (megavatt/soat uchun 345 yevro). Bunga Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatilgani sabab bo‘lgan.
Hozirgi mo‘’tadil harorat sharoitida Yevropada gaz iste’moli kamayib bormoqda. Yangi yilga kelib, Germaniyada havo harorati ba’zi joylarda ortiqcha 20 darajadan oshdi. Germaniya ob-havo xizmati doimiy ravishda kuzatib borish davri uchun mamlakatdagi eng iliq yangi yil kechasini qayd etdi. Tabiiy gaz narxining pasayishiga Yevropada so‘nggi paytlarda shamol turbinalaridan tobora ko‘proq energiya ishlab chiqarilayotgani ham ta’sir ko‘rsatdi.
Germaniyadagi gaz omborlari hozirda 90 foizdan ortiqqa (90,12 foiz) to‘lgan. Germaniyada gaz zaxiralari ketma-ket o‘n birinchi kundan beri to‘planmoqda.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025