Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha BMT orqali Germaniyadan tovon puli olmoqchi
Polsha Germaniyadan reparatsiya olishda yordam so‘rab Birlashgan millatlar tashkilotiga murojaat qildi.
Bu haqda Polsha tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari, hukumatning reparatsiya masalalari bo‘yicha vakolatli vakili Arkadiush Mulyarchik ma’lum qildi.
«Biz bu masalaga aralashishni, ushbu muloqotni o‘tkazishni istamaydigan Germaniya bilan muloqot uchun platforma yaratishni so‘rayapmiz», dedi u.
Avvalroq Polsha xuddi shunday iltimos bilan Yevropa Kengashi va YuNESKO tashkilotiga murojaat qilgan edi.
3 sentabr kuni Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi davridagi vayronagarchilik uchun tovon puli (reparatsiya) talab qiluvchi notani imzoladi.
Varshava urushdan yetkazilgan zararni 6,2 trillion zlotix (1,3 trillion dollar) deb baholamoqda. Talablar ro‘yxatiga 1939-1945 yillarda Germaniya davlati tomonidan o‘g‘irlangan Polsha davlat banklarining aktivlari va majburiyatlarini qaytarish, shuningdek, agressiya va nemis istilosi qurbonlari va ularning oila a’zolariga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablar kiritilgan.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025