AQShda eng xaridorgir avtomobil ma’lum qilindi
Ford kompaniyasi pikapi 41 yildan beri ushbu maqomni saqlab turibdi.
Ford F-Series avtomobillari oilasi 2022 yilda Qo‘shma Shtatlarda eng ko‘p sotilgan pikap maqomini saqlab qoldi. Ushbu avtomobil modeli 46 yildan buyon eng xaridorgir bo‘lib kelmoqda.
Bundan tashqari, 41 yil davomida F-Series Qo‘shma Shtatlarda eng ko‘p sotilgan avtomobil maqomini ham saqlab kelmoqda. Ford kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda ushbu pikaplardan 640 mingtasi sotilgan, ya’ni har 49 soniyada bitta mashina.
Agar 2022 yilda sotilgan F-Series mashinalari bamperini bir-biriga tekkizib joylashtirsangiz, ularning zanjiri 3,8 ming km dan oshadi va Los-Anjyelesdan Detroytgacha cho‘ziladi, deb xabar berdi Ford. 2023 yilda ushbu modelning sotuvga chiqarilganiga 75 yil to‘ladi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024