Jahon | 20:03 / 04.01.2023
14824
2 daqiqa o‘qiladi

Yerdagi eng noyob toshlar reytingi tuzildi 

Myanma eng noyob minerallarning vatani hisoblanadi. 

Qimmatbaho toshlar haqida gap ketganda, albatta, olmoslar yodga tushadi - boylik ramzi bo‘lgan nodir brilliantlarning izdoshlari. 

Biroq, tabiatda minerallar ham mavjud, ular bilan taqqoslaganda olmoslarni dengiz toshlariga o‘xshatish mumkin. Masalan, kyautuit. Myanmada topilgan bu kichik, og‘irligi atigi 1,61 karat, to‘q sariq rangli kristall faqat bitta nusxada mavjud. 2015 yilda u Xalqaro mineralogiya assotsiatsiyasi tomonidan rasman ro‘yxatga olingan. 

Kyautuit
Foto: Courtesy of the Natural History Museum of Los Angeles County

Og‘irligi 0,3 grammdan bir oz ko‘proq bo‘lgan toshning narxini aniqlash befoyda - bitta nusxada bo‘lgan bu mineral bebaho. 

Ikkinchi o‘rinda yana bir noyob tosh bo‘lib, u o‘z kashfiyotchisi Artur Peyn nomi bilan atalgan. Peynit ham 1956 yilda Myanmada ham topilgan. Britaniyalik mineralog Artur Peyn ikkita qizil kristall sotib olgan, ularni yoqut deb hisoblagan. Faqat keyinroq toshlar butunlay noyob narsa ekanini bilgan. Uzoq vaqt davomida dunyoda atigi uchta peynit ma’lum bo‘lgan, keyin yana bir nechtasi topilgan. 2005 yilga kelib ularning soni 25 taga yetgan. Hozirda toshlar shaxsiy kolleksiyalarda yoki ikkita muzeyda - Britaniya tabiiy tarix muzeyi va Amerika Gemmologik instituti muzeyida saqlanmoqda. 

Peynit
Foto: Courtesy of the Natural History Museum of Los Angeles County

2006 yilda Myanmada yana bir peynit koni topilgan, ammo mutaxassislarning fikriga ko‘ra, undagi toshlar sifati avvalroq topilganlaridan ancha past. 

Mavzuga oid