Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari nisbatan iliq ob-havo kuzatiladi
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekistonga Turkmaniston hududlaridan nam va iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoliy va sharqiy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Bugun kunduzi havo 7-12 daraja iliqqacha, ertaga 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi, yakshanba kuni esa yana 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab tuman tushishi kuzatiladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ushbu kunlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Bundan oldin O‘zbekiston bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025