O‘zbekiston | 14:41 / 07.01.2023
9934
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlariga talab kuchaytirilyapti

Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023 yil 1 aprelidan davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari:

  • mulk huquqi asosida davlat xaridlari elektron tizimiga ega bo‘lishi;
  • BHM 25 ming baravaridan kam bo‘lmagan va to‘liq shakllantirilgan ustav jamg‘armasiga (kapitaliga) ega bo‘lishi;
  • davlat xaridlari elektron tizimida tuzilgan bitimlar bajarilishini ta’minlashda faqat Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot tizimida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladigan kliring va hisob-kitob tizimiga ega bo‘lishi;
  • elektron tijorat va axborot texnologiyalari sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar malakali xodim hamda Call-markaz mavjud bo‘lishi kerak.

 
Operatorlar tomonidan davlat xaridlari sub’yektlari mablag‘laridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish, tijorat banklarida depozitga joylashtirish taqiqlanadi.

“Davlat xaridlarida shaffoflik” reytingini yuritish amaliyoti joriy etiladi. Yuqori reytingga ega bo‘lgan ishtirokchilar, ular uchun shartnoma summasi 1 foizidan oshmagan miqdorda garov mablag‘lari bilan savdolarda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Mavzuga oid