O‘zbekiston eng innovatsion mamlakatlar reytingida 82-o‘rinda qayd etildi
O‘zbekiston 132 ta mamlakat ichida 82-o‘rinda qayd etildi.
2022 yil yakuniga ko‘ra, Shveytsariya 64,6 foiz global indeks bilan dunyodagi eng innovatsion davlatga aylandi. Bu mamlakat ketma-ket 12-marta reytingda peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston esa 25,3 foiz indeks bilan atigi 82-o‘rinda qayd etilgan, deyiladi Global Innovation Index 2022 hisobotida.
Reytingga 132 ta mamlakat kiritilgan bo‘lib, O‘zbekiston ro‘yxatda Panama (81-o‘rin, 25,7 foiz) va Qozog‘iston (83-o‘rin, 24,7 foiz) o‘rtasida joylashgan. O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari hatto Mavritaniya, Moldova, Filippin, Janubiy Afrika, Mo‘g‘uliston, Ummon, Iordaniya kabi davlatlarnikidan ham past.
Reytingda AQSh 61,8 foiz global indeks bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Yuqori beshlikka Shvetsiya (61,6 foiz), Buyuk Britaniya (59,7 foiz) va Niderlandiya (58 foiz) ham kirgan.
Eng yomon ko‘rsatkich Burundi (12,3 foiz), Iroq (11,9 foiz) va Gvineya (11,6 foiz) davlatlarida qayd etilgan.
Global innovatsiyalar indeksi (Global Innovation Index, GII) 2007 yildan beri Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va uning hamkorlari tomonidan hisoblab chiqiladi. Ko‘rsatkich turli jihatlarni, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi, yalpi ichki mahsulot hajmi, infratuzilma, inson kapitali, fanning rivojlanish darajasi va boshqa omillarni hisobga oladi.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024