DXX Navoiyda qalbaki pullarni muomalaga kiritayotgan guruhni qo‘lga oldi
O‘tkazilgan tezkor tadbirda 360 mln so‘m qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yilgan.
DXX katta miqdordagi qalbaki pullarni muomalaga kiritayotgan guruhni qo‘lga oldi.
Ma’lum qilinishicha, DXX tomonidan Navoiy shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Toshkent shahrida yashovchi fuqaroning Cobalt mashinasida 100 ming so‘mlik banknotlardan iborat 221 mln 100 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar borligi aniqlangan.
Tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sheriklari bo‘lgan Navoiy va Buxoro viloyatlarida yashovchi 5 nafar shaxs ham ushlangan. Ulardan jami 139 mln 800 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar olingan.
Tezkor tadbir davomida umumiy qiymati 360 mln 900 ming so‘m bo‘lgan qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yilgan.
Mavzuga oid

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi

11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

09:47 / 17.05.2025