Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon shaxmat toji uchun bahs aprelda o‘tkaziladi
Rossiyalik Yan Nepomnyashchiy va xitoylik Din Lijen 7-30 aprel kunlari bahslashadi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) xabariga ko‘ra, 2023 yil 7-30 aprel kunlari jahon chempioni unvoni uchun o‘yin o‘tkaziladi.
Unda rossiyalik Yan Nepomnyashchiy va xitoylik Din Lijen bahslashadi.
O‘yin o‘tkaziladigan joy hozircha aniqlanmagan.
O‘tgan yilning iyul oyida Nepomnyashchiy nomzodlar turnirida g‘olib chiqdi va jahon toji uchun bahsda kurashish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Uning raqibi amaldagi chempion norvegiyalik Magnus Karlsen bo‘lishi kerak edi, ammo u navbatdagi chempionlik himoyasida qatnashmaslikka qaror qildi. Natijada, uning o‘rnini nomzodlar turnirida ikkinchi bo‘lgan Lijen egalladi.
Karlsen 16-jahon chempioni hisoblanadi. U tojni 2013 yilda qo‘lda kiritgan. Shundan keyin u Vishi Anand (Hindiston), Sergey Karyakin (Rossiya), Fabiano Karuana (AQSh) va Yan Nepomnyashchiyga (Rossiya) qarshi bahslarda chempionlikni himoya qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
16:24 / 12.02.2025
Shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQShdan O‘zbekiston terma jamoasiga qaytdi
14:16 / 01.01.2025
Nepomnyashchiy va Karlsen blits bo‘yicha JChda g‘alabani bo‘lishib oldi
20:58 / 28.12.2024