O‘zbekiston | 12:47 / 10.01.2023
5680
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti axborot xizmati

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir nechta hududda gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqladi. Bu haqda departament axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, «Toshkent magistral gaz quvurlari» boshqarmasi mas’ul shaxslari o‘z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi oqibatida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir o‘tkazish orqali umumiy qiymati 10,7 milliard so‘mlik tabiiy gaz noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.

Departamentning Jondor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda A.Z. va A.A. MChJ mas’ul shaxslari tumandagi «Jondor 1» Gsning Peshqandoq qishlog‘i yo‘nalishidagi gaz quvuriga yashirincha ulanishib, «A.Z.» MChJ 4,8 milliard so‘mlik, «A.A.» MChJ 4,9 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departament hamda DXXning Shahrixon tuman bo‘lim tomonidan «Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu filialning tuman bo‘limi muhandisi N.R. va boshqalar o‘zlarining moddiy javobgarligidagi umumiy qiymati 36,7 million so‘mlik 68 dona gaz ballonlarni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 169-moddasi (o‘g‘rilik), 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid