O‘zbekiston | 09:34 / 10.01.2023
4888
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi YTHda 4 piyoda halok bo‘ldi

Ishtixon tumanida Damas haydovchisi piyodalarni urib ketgan. Chinozda haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida harakatlangan.

4 yanvar kuni soat 21:40 larda Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi M34 Toshkent-Dushanbe yo‘lining 61-kmda, «VAZ 2105» avtomobili yo‘l chekkasidagi ikki piyodani urib ketgan. Oqibatda har ikkala piyoda vafot etgan.

«VAZ 2105» haydovchisi spirtli ichimlik ichib harakatlangani aniqlandi.

3 yanvar kuni soat 22:30 larda Samarqand viloyati Ishtixon tumanidan o‘tgan M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 51-kilometrida Damas ikki nafar piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyodalar olgan jarohati sabab shifoxonada vafot etgan.

Mavzuga oid