Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hayotim tugadi deb o‘ylagandim” – umidlari so‘nmagan yigit yashashni istaydi
Andijonlik Rasuljon To‘rayev endigina 35 yoshda. Unga shu navqiron yoshida jigar sirrozi tashxisi qo‘yilgan.
“Bir yildan beri tinimsiz burnim qonaydi. Shifokorlar qon-tomirlar yorilgan deb, shunga qarab davolashdi. Lekin foydasi bo‘lmadi. Bir qancha tekshiruvlardan keyin shu tashxisni qo‘yishdi. Hozir jigarimning yarmi qurigan, yarmi esa shishgan. Jigar funksiyalari buzilgani tufayli burnimdan 2-3 soatlab qon to‘xtamaydi”, - deydi u.
Bemorning hayotini saqlab qolish uchun jigar ko‘chirish amaliyoti o‘tkazilishi kerak. Akasi unga o‘z jigarini berishga, donorlikka rozi, ammo bu operatsiya Hindistonda o‘tkazilishi sharoiti haminqadar bo‘lgan oilaga og‘irlik qiladi.
“Hayotim tugabdi shekilli, menga bergan umr shu ekan deb o‘ylagandim. Endi esa sog‘ayishim, yana yashashim mumkinligini eshitib umid paydo bo‘ldi menda. Faqat mablag‘ kerak ekan bunga”, - deya tiriklik umidida gapiradi Rasuljon.
3 farzandni tarbiyalayotgan ota ularning yetim qolishidan qo‘rqadi. Shuning uchun yashashni, farzandlarining kamolini ko‘rishni, oilada tayanch bo‘lishni xohlaydi. Bularning barchasi uning operatsiyasi uchun to‘planadigan mablag‘ga bog‘liq.
Rasuljon To‘rayevga oid ma’lumotlar:
Uzcard: 8600 0607 9547 3835 turmush o‘rtog‘i Muazzam Sadirdinova nomida
Yunionpay: 6262 5700 6188 9749 turmush o‘rtog‘i Muazzam Sadirdinova nomida
Manzil: Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, Oyim qishlog‘i, 154-uy.
Mavzuga oid
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
13:54 / 31.01.2025