Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy transport sohasida hamkorlikni rivojlantiradi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Xitoy elchisi Tszyan Yanni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni turli sohalarda yanada mustahkamlash, Xitoy raisining 2022 yil sentabr oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali yanada mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
BMT, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakldagi bo‘lajak tadbirlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025