O‘zbekiston | 09:57 / 17.01.2023
4232
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat xizmatchilari mehnat shartnomasiga talablar belgilandi

Foto: Shutterstock

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining “Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Norma'ning yozishicha, hujjatga muvofiq:

  • davlat xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasida aks ettiriladigan 21 ta majburiy (davlat xizmati xususiyati, davlat xizmati bilan bog‘liq cheklovlar, ish rejimi xususiyatlari va boshqalar) va 9 ta qo‘shimcha (sinov muddati, ma’lumotlarni oshkor etmaslik talabi) shartlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda;
  • davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi 3 yildan ortiq bo‘lmagan yoki nomuayyan muddatga yozma shaklda tuziladi;
  • davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi.

Mehnat shartnomasining mazmuniga:

  • davlat fuqarolik xizmatchisining holatini davlat fuqarolik xizmati va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka nisbatan yomonlashtiradigan;
  • kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;
  • majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
  • davlat fuqarolik xizmatchisini qonunga xilof harakatlarni yoki ham davlat fuqarolik xizmatchisining, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilgan bo‘lsa, ular haqiqiy bo‘lmaydi.

Mavzuga oid