Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Allamjonov Meta kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Uchrashuvda O‘zbekiston va Meta kompaniyasi hamkorligi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov Meta kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlat siyosati bo‘yicha vitse-prezidenti Saymon Milner hamda kompaniyaning boshqaruvchi direktori, Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo‘yicha rahbari Jorj Chen bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Meta kompaniyasi hamkorligi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi.
Meta Platforms Inc. — Amerikaning transmilliy holding kompaniyasi bo‘lib, qarorgohi Kaliforniyada joylashgan. U Facebook, Instagram, WhatsApp va Oculus’ga egalik qiladi.

«Facebook va Instagram platformalari jamoatchilik fikr bildiradigan, muammolar o‘rtaga tashlanadigan, bahs hamda fikrlar maydoniga aylandi. Ularning mavjud imkoniyatlari esa kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Samimiy va do‘stona hurmat uchun Saymon Milnerga, va ayniqsa, do‘stim Jorj Chenga katta rahmat», deb yozdi Allamjonov uchrashuv haqida.

Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025