Fan-texnika | 22:37 / 20.01.2023
75114
2 daqiqa o‘qiladi

Belarusda shaffof televizor yaratildi 

Prezident Lukashenkoga «indingi kun» texnikasi namoyish etildi. 

Foto: BelTA

«Belarus intellektualnaya» ko‘rgazmasi doirasida «Gorizont» kompaniyasi bosh direktori Yuriy Predko mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenkoga shaffof matritsali mahalliy televizorni namoyish qildi. Bu haqda BelTA nashriga tayanib Gazeta.ru xabar berdi. 

Predko yangi televizorni «indingi kun» texnikasi deb atadi va tez orada ommaviy ishlab chiqarilishiga ishora qildi. 

«Bu televizorlar, ehtimol, o‘n yillardan keyin keng iste’molchilarga taqdim etiladi. Bugun biz bunday televizorlarni buyurtma asosida ishlab chiqaramiz, ular tijorat qiymatiga ega», dedi Predko. 

«Gorizont» rahbarining so‘zlariga ko‘ra, shaffof televizorlar premium avtomobillarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, shaffof ekran haydovchi va yo‘lovchi o‘rtasini ajratib turuvchi to‘siq ko‘rinishida bo‘ladi. 

«Shaffof ekran haydovchi va yo‘lovchini ajratib turuvchi oyna-to‘siq bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida u orqali yangiliklarni tomosha qilish mumkin», deb tushuntirdi Predko. 

 

Mavzuga oid