Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIO bo‘linmalari huzurida “To‘maris izdoshlari” guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
“Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2023 yil 1 iyundan yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo‘lmagan, umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlarni ko‘ngilli asosda jalb qilish orqali “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati tashkil etiladi.
Mazkur guruhlarning asosiy vazifalaridan biri o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan qizlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashish hisoblanadi.
Guruhlar respublikaning barcha tuman (shahar)larida 2 nafardan (kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan tuman (shahar)larda 3 nafardan) ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida shakllantiriladi.
Guruh a’zolari 1 yil davomida o‘qish va ish jarayoniga salbiy ta’sir etmagan holda umumiy 360 soat vaqt mobaynida faoliyat olib boradi.
Mavzuga oid
10:10 / 05.03.2025
Soliq, bojxona, bank xodimlari, hokim o‘rinbosari va tadbirkorlardan iborat jinoiy guruh aniqlandi
15:47 / 28.11.2024
Britaniyada "To‘maris" ayollar jamoat birlashmasi tashkil etildi
13:30 / 02.10.2024
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi qo‘shma ishchi guruh tuzilmoqda
08:51 / 21.11.2022